Ingliz tili profillari - EVP va EGP
Video
Manbalar
- Videodagi English Profile so’zlar jadvalini ko‘rish
- English Vocabulary Profile Rasmiy sahifasi (22.01.2026 holati)
- English Grammar Profile Rasmiy sahifasi (22.01.2026 holati)
- Men EGP(English Grammar Profile) manbasini yuqoridagi sahifadan yuklab oldim va google diskimga saqladim.
EVP(English Vocabulary Profile) manbasini ushbu githubdagi sahifa(22.01.2026 holati)dan olinganparseryordamida yuklab oldim va google diskimga saqladim.
- English Grammar Profile nusxasi (22.01.2026 holati)
- English Vocabulary Profile nusxaasi (22.01.2026 holati)
- EVP A1&A2 Men tuzgan anki deck (26.01.2026 holati)
- EVP B1&B2 Men tuzgan anki deck (26.01.2026 holati)
- EVP C1&C2 Men tuzgan anki deck (26.01.2026 holati)
- EGP A1-C2 Men tuzgan anki deck (26.01.2026 holati)
English Profile nima qilishi haqida:
English Profile (Ingliz tilini Profilga solish) o‘qituvchilar va ta’lim sohasidagi mutaxassislarga Common European Framework of Reference (CEFR) – Yevropa Umumiy Til Kadrlari doirasining ingliz tili uchun tuzib chiqilgan.
U har bir CEFR darajasida odatda qaysi ingliz tili jihatlari o‘rganilishi mumkinligini tavsiflaydi. Bu ma’lumot o‘qituvchilar, o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchilar, darslik mualliflari va test, imtixon tuzuvchilari uchun har bir darajada nima o‘rganishga mos kelishini ko‘rsatadi.
Ushbu sayt English Profile juda ko‘p ma’lumotlarni taqdim etadi, jumladan ikki innovatsion onlayn vositani:
- English Vocabulary Profile Online – ingliz tilidagi lug‘at bo‘yicha onlayn ma’lumotlar bazasi
- English Grammar Profile Online – grammatika bo‘yicha onlayn ma’lumotlar bazasi
Bu bazalar qidiruv imkoniyatiga ega bo‘lib, har bir CEFR darajasi uchun qaysi so‘zlar va grammatik tuzilmalarni o‘qitish maqsadga muvofiq ekanligi bo‘yicha tadqiqot natijalarini bepul taqdim etadi.
Ushbu ish ko’plab tashkilotlar hamkorlik loyihasi doirasida amalga oshirilgan va Yevropa Kengashi (Council of Europe) tomonidan qo‘llab‑quvvatlangan. Loyiha butun dunyo bo‘ylab o‘quvchilardan ma’lumot to‘pladi va tadqiqotni ma’lumotlar bilan boyitdi.
Tadqiqot Buyuk Britaniyadagi Cambridge Universitetining ikki bo‘limi tomonidan olib borilgan:
- Cambridge University Press
- Cambridge English Language Assessment
Tadqiqot natijalari esa ingliz tili uchun Reference Level Descriptions (RLDs) – ya’ni “Ma’lumotlar asosidagi daraja tavsiflari” deb ataladi.
Ingliz tili bo‘yicha challenge — qisqacha umumiy ma’lumot
Bu dastur doirasida ingliz tilini o’rganishda men anki droid Version 2.20.1 va anki desktop Windows 10+ dan foydalandim. Unda mavjud EVP va EGP flashcard(Deck)lar to’plamlari quyidagi ikki strukturaviy profilni birlashtiradi:
- EVP (English Vocabulary Profile): 14,963 ta so’z
- EGP (English Grammar Profile): 1,218 ta qoida
Anki English Profile flashcard(Deck)lar to’plamlarini ko‘rish
| Sarlavha | Reytinglar | O‘zgartirilgan | Kartalar | Audio | Rasmlar |
|---|---|---|---|---|---|
| English Profile Vocabulary | — | 2025-01-27 | 14,963 | 6,664 | 0 |
| English Profile Grammar | = | 2025-01-27 | 1,218 | 0 | 0 |
Ikkalasi ham CEFR (A1–C2)ga mos keladi va juda mukammal ongli, takrorlanadigan mashqlar orqali o’rgatiladi.
Kundalik tizim
Oddiy, qat’iy kun tartibi tilni o’rganishni oldindan bashorat qilishni oson qiladi, masalan:
- Leksika — kuniga 25 ta yangi EVP so’z (Anki kartochkalari)
- 14,963 ÷ 25 ≈ 599 kun
- Grammatika — kuniga 10 ta yangi EGP qoida
- 1,218 ÷ 10 ≈ 122 kun
Umuman olganda, dastur taxminan 1,5 yil davom etadi; grammatika to’plami tezroq tugaydi va so’zlarni o’rganishda davom ettirar ekansiz grammatika qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Qanday o’rganaman (kartochka tuzilishi)
Har bir Anki kartochkada quyidagilar bo’ladi:
- so’z yoki grammatik qoida
- so’zlar uchun IPA talaffuzi
- qisqacha ta’rif
- kamida bitta haqiqiy misol gap
Bu passiv o’qish emas, faol eslashni rag’batlantiradi.
Blog qanday ishlaydi
Har bir kunlik post quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- 25 ta EVP so’z (misollar bilan)
- 10 ta EGP qoida (izohlar va misollar bilan)
- umumiy xatoliklar va qiyin nuqtalar
- qisqa shaxsiy fikr
- mnemonika texnikalarini qo’llagan holda yod olish uchun ko’rsatmalar
Postlar kun bo’yicha (Day-001, Day-002, …) va turiga ko’ra (EVP / EGP, Leksika / Grammatika) kategoriyalarga bo’linadi, bu esa blogda zarur maqolani izlab topish va o’rganishni osonlashtiradi.
Maqsad
Maqsad: A1–C2 darajasida faol so’zlar lug’atini mustahkamlash. Blog - bu o’rganish kundaligi bo’lib ushbu challengeni bajarishda menga dalda beradi.


